Chegara produktivlikni o‘ldiradi.
Hozir o‘tirib ishlayapman, aniqrog'i kod yozyabman. Ish qiyin emas, vaqt ham yetarli. Lekin ichimda nimadir ishlamayapti. Qanaqa qilib ko‘rsam ham, o‘zimga yoqmaydi. Sababi asta-sekin tushunilayapti: juda ko‘p narsa oldindan belgilab qo‘yilgan. Qayergacha borish mumkin, qanaqa qilish kerak, qayerda to‘xtash kerak - hammasi chizib qo‘yilgan.
Shunda odam ishlaydi, lekin erkin emas. Harakat bor, lekin ichida biror narsa yetishmaydi.
Qiziq tomoni shundaki, ba’zan ishni qiyinlashtiradigan narsa murakkablik emas, aynan shu chegaralarning ko‘pligi bo‘ladi. Odamga qadam tashlash uchun joy qolmaydi. O‘zi sinab ko‘rishi, xato qilishi, o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan maydon yo‘qoladi.
Inson tabiatan shunaqa: unga ozgina erkinlik berilsa, u o‘zi ham kutmagan darajada ishlay oladi. O‘zi ham bilmagan g‘oyalarni topadi. Lekin juda qattiq ramka ichida qolsa, u shunchaki vazifani bajaradi. Ish chiqadi, lekin ruhsiz chiqadi.
Bu faqat bir ish yoki bitta soha haqida emas. Hayotda ham ko‘p joyda shunaqa. Juda ko‘p qoida, juda ko‘p “shunaqa bo‘lishi kerak” degan gaplar odamni sekinlashtiradi. Chunki inson faqat intizom bilan emas, erkinlik bilan ham rivojlanadi.
Ba’zan esa eng yaxshi natijalar aynan chegaralar biroz ochilganda paydo bo‘ladi.