Bir yil oldingi odam emassiz.
Ehtimol, bu yil siz xohlaganingizdek bo'lmagandir. Balki xatolar qilgandirsiz, umidlaringiz yo'q bo'lgandir yoki barcha maqsadlaringizga erishmagandirsiz. Ba’zi kunlar og‘ir kechgan, ayrim lahzalar ko‘z yoshlar bilan o'tgan bo‘lishi mumkin. Lekin unutmang, bu yil sodir bo‘lgan har bir voqea Allohning mukammal rejasi asosida bo'lgan. Har bir sinov, har bir yutuq va hayotdagi har bir burilish sizni kuchliroq, aqllii va qat’iyatliroq qilish uchun bo'lgan.
Endi 2025-yilga qadam qo‘yar ekansiz, siz bir yil oldingi odam emassiz. Endi siz ancha o'zi ishongan, hushyorroq, diqqatliroq va qat’iyroqsiz. Oldinga harakat qilish uchun yangi rejalar, katta ishtiyoq va qat’iy niyat bilan ketyapsiz.
Keling, yana kutilmagan lahzalarga, go‘zal xotiralarga aylanuvchi voqealarga boy bo‘lgan yilni kutib olaylik. Keling, yanada aqlli, kuchli va tajribali bo‘lishga intilaylik. Tirik ekanman, bu dunyoda yonimda bo‘lgan ajoyib insonlar uchun cheksiz minnatdorman.
Orqaga qarasam, kimligimdan, nimalarga erishganimdan va yonimda bo‘lgan insonlardan faxrlanaman. Ayniqsa, men arzimasam ham men bilan ko‘proq vaqt qolishga qaror qilganlarga alohida rahmat. Sizlar mening hayotimni tasavvur qilganimdan ham chiroyliroq qilyapsiz. Hayot — bu nimani qanday qilsangiz, shunday bo‘ladi. Va men yangi yilning barcha imkoniyatlarini kutib olishga tayyorman.